UZCARD Qlik Sense BI tizimida «Moliyaviy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish» bo‘yicha tahliliy ilovalarni ishlab chiqish uchun tender e’lon qiladi

Tenderni o‘tkazish bosqichlari

  1. Funksional texnik talablarni Buyurtmachi tayyorlaydi. Hujjatlar kompaniya veb-saytida mavjud. Joylashtirish sanasi – 12.12.2024.
  2. Savol-javob sessiyasi. Barcha savollar 16.12.2024 sanasigacha elektron pochta orqali yozma shaklda yuborilishi shart. Javoblar 19.12.2024 sanasigacha taqdim etiladi.
  3. Potensial yetkazib beruvchi tender hujjatlarini 23.12.2024 kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:00 gacha taqdim etishi lozim.
  4. Takliflarni baholash 27.12.2024 sanasigacha amalga oshiriladi.
  5. Muzokaralarning ikkinchi bosqichi 10.01.2025 sanasigacha o‘tkaziladi.
  6. Tender natijalarini tasdiqlash va shartnomani imzolash 31.01.2025 sanasigacha amalga oshiriladi.

To‘lov valyutasi – O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun so‘m, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lmaganlar uchun – USD;

Hisob-kitob tartibi: elektron hisob-faktura imzolangandan so‘ng 10 (o‘n) ish kuni ichida 100 foiz to‘lov;

Mas’ul shaxs:

Lavrenko Viktoriya – Xarid lar departamenti.

Elektron pochta: viktoriya.lavrenko@uzcard.uz;

Mobil telefon: +998 93 390 59 00

Tender hujjatlari 2024-yil 23-dekabr kuni soat 15:00 gacha (Toshkent vaqti bo‘yicha) elektron shaklda viktoriya.lavrenko@uzcard.uz elektron pochta manziliga qabul qilinadi.

2024-yil 14-dekabrga qadar potensial yetkazib beruvchilarga ushbu tenderda ishtirok etish uchun yuqorida ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga ro‘yxatdan o‘tish maqsadida ariza (erkin shaklda) yuborish tavsiya etiladi.

Tanlov hujjatlarini olish uchun havolani bosing.