«YUPM» AJ ish haqi, kompensatsiyalar va imtiyozlar bozorini o‘rganish xizmatini ko‘rsatuvchi ta’minotchini tanlash bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Tanlov bosqichlari:

  1. Buyurtmachi funksional texnik talablarni tayyorlab, 2024-yil 13-noyabrda tanlov hujjatlari doirasida Tanlov ishtirokchisiga taqdim etadi.
  2. Potensial ta’minotchi hujjatlar to‘plamini tayyorlab, buyurtmachiga yuboradi. Hujjatlar to‘plamini taqdim etish muddati 2024-yil 26-noyabr soat 17:00 gacha.
  3. Buyurtmachi mutaxassislar bilan birgalikda olingan takliflarni Texnik talablar va Texnik topshiriqqa muvofiqligi bo‘yicha 2024-yil 29-noyabrgacha texnik baholashni amalga oshiradi.
  4. Buyurtmachi Ishtirokchilarga yakuniy narxlar so‘rovini yuboradi va Ishtirokchi o‘zining yakuniy narx taklifini 2024-yil 3-dekabrgacha yuboradi.
  5. Tanlov natijalarini tasdiqlash va shartnomani imzolash – 2024-yil 17-dekabrgacha.

Tijorat takliflari 2024-yil 26-noyabr soat 17:00 gacha Otabek.Safaev@uzcard.uz elektron pochtasiga qabul qilinadi va quyidagi majburiy hujjatlar to‘plamini o‘z ichiga olishi kerak:

– Xavfsizlik departamenti uchun ta’sis hujjatlari ro‘yxati;

– to‘ldirilgan texnik talablar jadvali (1-shakl);

– tijorat taklifi (2-shakl);

– shartnomaning asosiy talablari bilan to‘ldirilgan KTS fayli (3-shakl).

Ishtirokchilar havola orqali barcha shakllarni o‘z ichiga olgan xarid hujjatlarini yuklab olishlari mumkin.»