UZCARD-Elcard o‘tkazmalari endi SQB Mobile ilovasida mavjud

UZCARD «Elcard» milliy to‘lov tizimi bilan hamkorlikda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi transchegaraviy o‘tkazmalar xizmatini rivojlantirishda davom etmoqda.

Mobil ilovalari orqali UZCARD kartalaridan «Elcard» kartalariga pul o‘tkazish mumkin bo‘lgan banklar ro‘yxatiga «O‘zsanoatqurilishbank» ATB (SQB) ham qo‘shildi. Endi pul mablag‘larini SQB Mobile ilovasining «O‘tkazmalar» bo‘limi orqali ham yuborsa bo‘ladi.

Bu xizmatdan Unired (Universalbank), Xazna (Xalq Banki) va MAVRID (Mikrokreditbank) ilovalarida foydalanish mumkin edi, SQB Mobile ulanishi bilan esa mijozlar uchun imkoniyatlar yanada kengaydi.

Banklar ro‘yxatining ko‘payishi transchegaraviy to‘lovlarni rivojlantirish va moliyaviy xizmatlarni yanada yaqin qilish yo‘lidagi ishlarning bir qismidir.

UZCARD. Qulay yashang