Tender g‘olibi bilan 1 (bir) yil muddatga hadli kelishuv tuziladi. Yil davomida ro‘yxatga kiritilgan turli Telegram kanallarida joylashtirishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Tanlov bosqichlari:
- Funksional va texnik talablar Buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi hamda tender hujjatlari tarkibida Ishtirokchiga taqdim etiladi – 16.12.2025
- 12.2025 yilga qadar potensial yetkazib beruvchiga ushbu tenderda ishtirokini tasdiqlash tavsiya etiladi. Quyida ko‘rsatilgan e-mail manziliga erkin shakldagi ariza yuboriladi.
- Savol-javob sessiyasi. Barcha savollar 19.12.2025 yilga qadar yozma shaklda e-mail orqali yuborilishi lozim. Javoblar taqdim etilishi – 22.12.2025 yilgacha.
- Potensial yetkazib beruvchi tender hujjatlari paketini 23.12.2025 (shu kuni ham) yilgacha tayyorlaydi va taqdim etadi.
- Ishtirokchilar takliflarini tahlil qilish va baholash (25.12.2025 yilgacha)
- Yakuniy narxlarni so‘rash (29.12.2025 yilgacha)
- Tender natijalarini tasdiqlash va shartnoma tuzish jarayonini boshlash – taxminan 30.12.2025 yilgacha.
To‘lov valyutasi: so‘m.
Hisob-kitob tartibi: har oyda bajarilgan ishlar dalolatnomasi / hisob-faktura rasmiylashtirilganidan so‘ng 5 (besh) ish kuni ichida 100% to‘lov.
Mas’ul shaxs:
Raximov Kozimjon – Xaridlar bo‘limi
E-mail: Kozim.Rakhimov@uzcard.uz
Mobil: +998 97 344 49 55
Tender hujjatlari 2025-yil 23-dekabr kuni soat 18:00 gacha (Toshkent vaqti) elektron shaklda quyidagi e-mail manziliga qabul qilinadi: Kozim.Rakhimov@uzcard.uz.
18.12.2025 yilga qadar potensial yetkazib beruvchiga ushbu tenderda ishtirokini tasdiqlash tavsiya etiladi. Ariza erkin shaklda quyida ko‘rsatilgan e-mail manziliga yuboriladi.
Tanlov hujjatlarini olish uchun havolani ustiga bosing.