UZCARD va Skillbox UZCARD talaba kartalari egalari uchun Skillbox kurslariga 75% chegirma taqdim etadilar

UZCARD kompaniyasi va Skillbox ta’lim platformasi O‘zbekistonda talabalarni qo‘llab-quvvatlash hamda raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan yangi hamkorlik dasturi ishga tushirilganini e’lon qiladilar.

Skillbox — dizayn, IT, marketing, analitika, menejment, psixologiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda dasturlarni taklif etuvchi yirik xalqaro onlayn-universitetlardan biri. Kurslar amaliy topshiriqlar, mentorlar ko‘magi, karyera servislari hamda dolzarb o‘quv materiallaridan foydalanish imkoniyatini o‘z ichiga oladi.

UZCARD talaba kartalari egalari Skillbox’ning istalgan kursida 75% miqdoridagi maxsus chegirma asosida tahsil olishlari mumkin. Taklifdan foydalanish uchun Skillbox saytidan kursni tanlash, UZCARD75 promo-kodini kiritish va to‘lovni UZCARD talaba kartasidan — bank ilovasi, Payme yoki Click orqali onlayn amalga oshirish kifoya.

Chegirma avtomatik qo‘llaniladi va 2026-yil 9-martgacha amal qiladi.

Talaba kartasini hamkor banklarning istalganida tez va qulay rasmiylashtirish mumkin: Ipoteka Bank, Invest Finance Bank, Trastbank va Apexbank.

UZCARD va Skillbox hamkorligi talabalarga kasbiy o‘sish hamda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy ko‘nikmalarni egallash uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. UZCARD uchun esa bu — yosh foydalanuvchilar uchun imtiyozlar tizimi va raqamli servislarni rivojlantirish yo‘lidagi navbatdagi qadamdir.