Halol raqobat tamoyillariga sodiqlik — “YUPM” AJning ustuvor yo‘nalishi

Hurmatli mijozlar, hamkorlar va hamkasblar!

Monopoliyaga qarshi qonunchilik talablari, jumladan O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida” gi Qonuni talablariga rioya etish, bozorning ustun (dominant) ishtirokchisi sifatida “Yagona umumrespublika protsessing markazi” AJ (YUPM) faoliyatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Kompaniyamiz raqobatga zid xatti-harakatlarning har qanday shakliga, shu jumladan kartel kelishuvlariga hamda ustun mavqeni suiiste’mol qilish holatlariga nisbatan “nol toqat” (zero tolerance) siyosatiga qat’iy amal qiladi.

Biz O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining rolini yuksak qadrlaymiz. Qo‘mitaning faoliyati raqobat muhitini shakllantirish va huquqiy madaniyatni oshirishda beqiyos hissa qo‘shib, mamlakatda shaffof va adolatli bozor sharoitlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ushbu tamoyillarni ta’minlash maqsadida “YUPM” AJda quyidagilar joriy etilgan:

  • Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi;
  • Xodimlar uchun muntazam o‘quv (trening) dasturlari;
  • Ehtimoliy qonunbuzarliklar haqida maxfiy xabar berish uchun “ishonch telefoni”.

Biz sog‘lom raqobat xizmatlar sifatini oshirish va rivojlanishning muhim omili ekaniga ishonamiz. Bozordagi boshqa ishtirokchilarning mavjudligi bizni innovatsiyalarni joriy etish va doimiy takomillashishga undaydi hamda barqaror raqamli ekotizimni shakllantirishga xizmat qiladi.

Adolatli raqobat — sifat va innovatsiyalar sari yo‘l!

Hurmat bilan,

Boshqaruvchi kompaniya

Bosh direktori

David Melikidze