UZCARD va UnionPay hamkorlikni rivojlantirmoqda

UZCARD va UnionPay to‘lov tizimlari  Shanxayda (Xitoy Xalq Respublikasi) bo‘lib o‘tgan UnionPay Global Hamkorlar Konferensiyasi 2025 doirasida hamkorlikni kengaytirish haqida e’lon qildi.

O‘zaro anglashuv memorandumi doirasida tomonlar kobeyj kartalar emissiyasini kengaytirish va QR-kodlar o‘zaro mosligini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. UZCARDning rivojlangan tarmog‘idan foydalanib, UnionPay mahalliy bozordagi ishtirokini tezroq mustahkamlashi va uzluksiz transchegaraviy to‘lovlarni ta’minlashi mumkin bo‘ladi.