Tender bosqichlari:
- Funksional texnik talablar buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi va Tender hujjatlari doirasida Tender ishtirokchisiga taqdim etiladi – 25/11/2025 y.
- Potensial xizmat koʻrsatuvchi hujjatlar toʻplamini tayyorlab, uni buyurtmachiga yuboradi. Hujjatlar toʻplamini topshirishning oxirgi muddati – 05/12/2025y. soat 17:00 gacha.
- Buyurtmachi mutaxassislar bilan birgalikda kelib tushgan takliflarning Texnik talablar va Texnik topshiriqlarga muvofiqligini texnik jihatdan baholashni amalga oshiradi 10/12/2025 yilgacha.
- Buyurtmachi Ishtirokchilarga yakuniy narxlar boʻyicha soʻrov yuboradi, Ishtirokchi esa oʻzining yakuniy narx taklifini 12/12/2025 yildan kechiktirmay yuboradi.
- Tender natijalarini tasdiqlash va shartnomani imzolash – 19/12/2025 yilgacha.
Tijorat takliflari 2025-yil 5-dekabr soat 17:00 ga qadar Otabek.Safaev@uzcard.uz elektron pochta manziliga qabul qilinadi va quyidagi hujjatlar to‘plamini o‘z ichiga olishi kerak:
– Xavfsizlik bo‘limi uchun ta’sis hujjatlari ro‘yxati;
– texnik talablarga oid to‘ldirilgan jadval (1-shakl va 2-shakl);
– tijorat taklifi (3-shakl);
– Shartnomaning Asosiy Shartlari bilan to‘ldirilgan fayl.
Ishtirokchilar to‘ldirilishi kerak bo‘lgan barcha shakllarni o‘z ichiga olgan xarid hujjatlarini quyidagi havoladan yuklab olishlari mumkin.