1-maydan CardXabarBot servisi ofertasi yangilanadi

1-maydan Telegram-bot orqali tranzaksiyalar haqida xabardor qilish xizmati — CardXabarBot bo‘yicha xizmat ko‘rsatish ofertasining yangilangan tahriri kuchga kiradi.

UZCARD ishtirokida joriy etilgan hamda «PLUM TECHNOLOGIES» AJ kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan ushbu servis karta egalari uchun hisobvaraq bo‘yicha tranzaksiyalar haqida Telegram orqali real vaqt rejimida bildirishnomalar olish imkonini beradi.

Yangilanishlar servisdan foydalanish shartlari, ulanish tartibi, shuningdek tarif paketlari va mablag‘larni yechish mexanikasiga taalluqlidir.

Ofertaning amaldagi versiyasi «PLUM TECHNOLOGIES» AJ saytida joylashtirilgan.